Joriy yilning 28-dekabr kuni Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv-uslubiy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarni texnikum direktori M.Toshmatova ochib, 2022-yil 20-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston xalqi va O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga qilgan murojaatnomasida aytib o’tilgan barcha sohalar va ularning istiqbolidagi faoliyatlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-yil PF-269-son farmonini texnikum pedagog-xodimlariga yetkazdi.

O’quv-uslubiy seminarni direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari A.Ergashev davom ettirib, “2023-yil insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi ta’lim muassasalarining rahbarlari, pedagog-xodimlariga chuqur mas’uliyat yuklashini ta’kidlab, uslubiy-seminarni kun tartibidagi barcha mavzulariga alohida to’xtalib o’tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: