Texnikumning “Umumta’lim” fanlari kafedrasi yuristlar uchun rus tili fani o’qituvchisi M.Abdullaeva tomonidan “Ta’lim jarayonida ochiq darslarni tashkil qilish” mavzusida seminar o’tkazildi.
Seminarda texnikumning pedagog va xodimlari ishtirok etdilar. Seminarning 1-qismida ochiq darslar tashkil etish, o’quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.
Seminarning 2-qismida esa “Фразеологизмы, их роль в речи” mavzusida namunaviy ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi. Mashg’ulot mobaynida ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlash orqali rivojlantiruvchi metodlarni qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube