O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2022-yil 1-noyabrdagi 02/1-2798-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasining (II)1-bandida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-yanvar kuni Farg‘ona shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, ahamiyatini pedagog xodimlar o‘rtasida tushuntirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida texnikum kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Karachayeva, Farg‘ona shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huquqshunosi M.Axunovalar mehnat kodeksi bo‘yicha ma’lumot berib tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube