Joriy yilning 11-yanvar kuni texkimning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o`qituvchilari O.Usmonova hamda I.Ubaydullaevlar tomonidan “Pedagogning muloqot madaniyati va imidji, muammoli o`quvchilar bilan ishlash” mavzusida seminar-trening o`tkazildi.
Seminarda pedagogning o`quvchilar bilan muloqot jarayonlarida ehtibor berishi lozim bo`lgan muloqot madaniyati qoidalari xususan, suhbat mohiyatini bilish, Suhbatdoshga hurmat bilan munosabatda bo`lish, mantiqiy urg`u, to`xtam va ishora mahoratiga ega bo`lish, doimiy qolipdagi siyqasi chiqqan va parazit (buzg`unchi) so`zlarni ishlatmaslik, shaxsiy jozibadorlikdan foydalanish, tillarni aralashtirib ishlatish va aktsentdan qochish, nutqni drammalashtirish texnikasidan foydalanish kabi qoidalar hamda muammoli o`quvchilar bilan ishlash texnologiyalari va printsiplari borasida fikrlar almashildi.
Seminar ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube