Texkimning «Xususiy-huquqiy fanlar» kafedrasi o`qituvchisi I.Ubaydullayev tomonidan «Yangi avlod darsliklarini yaratish bo`yicha uslubiy tavsiyalar» mavzusida seminar-trening o`tkazildi.

Seminarda darsliklar bilim olishning asosiy yo`naltiruvchisi bo`lishi bilan birgalikda butun o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning muhim vositasi hisoblanadi. Shunga ko`ra, darslik tahlimning maqsadi va vazifalari, uning didaktik va metodik tamoyillariga mos bo`lishi kerakligi, darslik o`quv fani mazmuninigina emas, balki bilimlarni o`zlashtirish darajasini va tushuntirish metodlarini ham aks ettirishi zarurligi, darslik har bir mavzuni o`rganishda tahlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi pedagogik funktsiyalarni bajarishi, darslikka fandagi so`nggi yangiliklar, ilmiy tadqiqotlardagi yangi yutuqlar, ilg`or xalqaro tajriba va taraqqiyot tendentsiyalari kiritib borilishi zarurligi, ya`ni, darslikning mazmuni jamiyat taraqqiyotining hozirgi talablariga javob berishi, fanning va uni o`qitishning so`nggi ilg`or yutuqlariga asoslanishi lozimligi borasida fikrlar almashildi.

Seminar ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: