Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, Boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan texnikum axborot-reserus markazi tomonidan “Bobur kabi seving Vatanni” nomli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Zahriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar, hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qidilar. Bundan tashqari Zahriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlab, tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi.
Tadbirda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab internati o‘quvchilari Bobur g‘azallariga bastalangan mumtoz kuy va qo‘shiqlarni ijro etdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube