Joriy yilning 15-fevral kuni texnikumda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish” mavzusi yuzasidan seminar-uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Mazkur seminarda Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati boshlig’i o’rinbosari-jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig’i, polkovnik Ergashev Ilhom Abdumutalifovich va jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni komandiri, podpolkovnik Saliev Hayotjon Qodiralievichlar ishtirok etib kun tartibidagi mavzuning iqtiboslari hisoblangan Yangi O’zbekistonning yoshlari va ularning kelgusidagi vatan oldidagi vazifalari, kelajak bugundan boshlanishi, shuning uchun bugunning yoshlari ham mamlakatimizning tinchligi uchun mas’ul ekanliklari haqida batafsil ma’lumotlar berib, yoshlar o’rtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning huquqiy oqibatlarini amaliy ifodasini bayon etishdi.
Shundan so’ng yuridik texnikum o’quvchilari tomonidan ichki ishlar organlari tizimi va faoliyatlariga oid bo’lgan savollariga javob berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube