O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022-yildagi «Zаkovаt» intellektuаl oʼyinini аholi oʼrtаsidа ommаviy-mа’rifiy hаrаkаtgа аylаntirish vа boshqа intellektuаl oʼyinlаrni rivojlаntirishgа oid chorа-tаdbirlаr toʼgʼrisidа»gi PQ-96-son qaroriga muvofiq hamda yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan Farg’ona viloyati yuridik texnikumida «Zakovat intellektual klubi» NNT Farg’ona viloyati koordinatorlari hamkorligida «Zakovat» bahslari o’tkazildi.

Qiziqarli o’tgan bahslarda texnikumning 1-bosqich o’quvchilaridan tashkil topgan 6 ta jamoa ishtirok etdi.

Turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashga undaydi.

Jamoa bilimdonlari o‘rtasida o’tkazilgan ushbu intellektual o‘yin ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: