A’zamova Sarvinozxon Akramjon qizi

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 20-22 guruhi o‘quvchisi

IQTISODIYOT – JAMIYAT HAYOTINING TANASI

Annotatsiya: mazkur maqolada yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘ lidan borayotgan mamlakatimizda, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot , bu borada o‘ z yechimini hali topib ulgurmagan dolzarb masalalar to‘ g‘ risida so‘ z boradi . Ma’ lumki bugungi globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar beribgina qolmay , kutilmagan muommolarni ham keltirib chiqarmoqda . Inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari – iqtisodiy islohatlarimizning o‘ zak masalalari borasida so‘ z yuritiladi .

Kalit so‘ zlar: iqtisodiyot , makroiqtisodiyot , yashil iqtisodiyot , drayverlar , strategiya rekonstruksiya , modernizatsiya , investitsiya , suv resurslari , iqlim , Orol halokati , mexanizm , qishloq xo‘ jaligi , pragmatik, global iqlim .

Insoniyat tarixida tosh asri toshlar tugaganligi uchun emas,balki yangi texnologiyalar kirib kelgani natijasida barham topgan. Bugunga qadar insoniyan uchta sanoat inqilobini boshdan kechirdi.

Hozirgi davrimiz dunyoning yetakchi mamlakatlari «To‘rtinchi sanoat inqilobi», «Aqlliy iqtisodiyot «, «Innavatsion iqtisodiyot «ga o‘tayotgani bilan xarakterlanadi.

XXI asrning ostonasiga kelib , insoniyat taraqqiyotining jahon iqtisodiyotida o‘ tgan davriga xos bo’ lmagan yangidan-yangi tendensiyalari vujudga kela boshladi . Bugungi kunda va yaqin kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator strategik vazifalar turibdi. Takidlash joizki , Yangi O‘ zbekiston taraqqiyoti strategiyasi avvalo barqaror iqtisodiy o‘ sishni ta’ minlashga qaratilgan shular jumlasidandir .

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – bu yangi iqtisodiy dunyoqarash , yangicha iqtisodiy munosabatlar asosida erkin va farovon jamiyat qurish hamda milliy xavfsizlikni ta’ minlash uchun xizmat qiladi . Mazkur strategiyani amalga oshirishda har kim, har bir oilaning tinch va farovon hayot haqidagi ezgu niyatlari va hoxish – istaklarini ro‘ yobga chiqarishi , aholining turmush darajasini o‘ sib borishini ta’ minlash e’ tiborimiz markazida bo‘ ladi . Markoiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiy islohatlarning mustahkam poydevoridir . Iqtisodiyotning jadal taraqqiyotini ta’ minlash uchun tarkibiy islohatlarni amalga oshirish , yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘ zbekistonga yangi sanoat turlarini olib kirish boshqa davlatlarga nisbatan qulay bo‘ lishini ta’ minlaydi . Aytish joizki , bunda energetika sanoati , shuningdek so‘ ngi yillarda jadal suratlarda rivojlanib borayotgan qishloq xo‘ jaligini rivojlantirishni yangi texnologik darajaga ko‘ tarish soxasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini yanada ko‘ paytirish hamda bu yo‘ nalishni samarasini oshirish biz yoshlarga bog‘ liq . Zotan , iqtisodiy o‘ sishimiz uchun raqobatdosh sanoatning zanjirlarini bog‘ lashda hamda bunday loyihalar uchun investitsiyalarni ko‘ paytirib erishamiz . Shunis qiziqki , Garvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ ra , mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat maxsulotlarini ishlab chiqishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega ekan . Ayniqsa elektrotexnika, metallurgiya , to‘ qimachilik , mashinasozlik , oziq-ovqat hamda “ Yashil iqtisodiyot “ bilan bog‘ liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimizning “ Drayverlari “ ga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlarimiz mavjud .

Iqtisodiyotimizning eng muhim vazifalaridan biri agrar sohani yanda isloh qilishdan iborat. Iqtisodiyotning eng qadimiy hech qachon o‘ z o‘ rni va ahamiyatini yo‘ qotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biri – qishloq xo‘ jaligidir.  Afsuski sayyoramizdagi global iqlimning tez-tez o‘ zgarishlari , shuningdek mintaqamizdagi ekologik muommolar oqibatida qishloq xo‘ jaligida har yili misli ko‘ rilmagan yangi-yangi sinov va qiyinchiliklar ildiz otayotgani ushbu agrar sohani ham chetda qoldirmadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’ minlash va istemol ratsionini yaxshilash davlat siyosatining asosiy masalalaridan biri bo‘ lib qolmoqda. Bu borada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor hamda tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini , shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish bo‘ yicha zamon talabiga mos yuqori texnologiya uskunalari bilan jihozlangan, qayta ishlovchi korxonalarni qurish , mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yuzasidan investitsiyalar loyihalari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘ jaligida yanada ko‘ proq maxsuldorlikka erishish maqsadida hududlarning iqtisoslashtirilishini hayotga keng joriy etish mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi. Qishloq xo‘ jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi fermer, dehqon va tomorqa yer egalari manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi mazmundagi tuzilmalar tashkil etish va ularni faoliyatini samarali yo‘ lga qo‘ yish soha rivojining muhim omillaridan biridir.

Kundalik hayotimizda hal qilinishi lozim bo‘ lgan masalalardan yana biri – suv resurslarining taqchilligi atrof muhit va atmosferaning ifloslanishi , tuproq qatlamlarining yemirilishi va cho‘ llanishi muommolari bilan bog‘ liq . Barchamizga ma’ lumki , Global iqlim o‘ zgarishi tasirining keskinlashuvi jahon mamlakatlarida aholi jon boshiga to‘ g‘ ri keladigan o‘ rtacha yillik suv ta’ minoti darajasini pasaytira boshladi . Ma’ lumki , yer yuzida suv resurslariga dolzarb masala bo‘ lib qarolmoqda. Shubxasiz O‘ zbekiston ham bundan mustano emas .

Yurtimizda hozirgi kunda qishloq xo‘ jaligida 20 million gektardan ortiq , 3.2 million gektor sug‘ oriladigan ekin maydonlaridan foylanilib , aholining kundalik ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyotimizning taqrmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda . Suv resrslaridan foydalaanishni ta’ minlsh , iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qo‘ llab-quvatlash va rag‘ batlantirish jumladan sug‘ oriladigan yerlarni holatini yaxshilash bo‘ yicha ko‘ plab ishlar amalda o‘ z aksini topmoqda .

Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’ minlash bilan bog‘ liq muommolar yuzasidan so‘ z yuritar ekanmiz , mintaqamizning umumiy suv zahiralaridan oqilonalik bilan foydalanish kabi muhim masalani chetga surmaymiz . Shu bilan birga , BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning “ Suv , tinchlik va xavfsizlik muoammolari – o‘ zaro chambarchas bog‘ liq “ deya takidlaydi. Suv muammosini hal qilishning mintaaa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘l yo‘q .

Butun mamlakat miqyosida suvni boshqarish va hisobga olish, oqilona foydalanish imkonini beruvchi sug‘ozish va meliorativ texnika,mashina va qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish vazifalari o‘z yechimini kutmoqda.

Shu bilan birga, suv resurslaridan foydalanish borasidagi mavjud muammolarni izchil hal etishni ta’minlash maqsadida, belgilangan suv olish limitlaridan tejab foydalangan, suvni iqtisod qiluvchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan suv iste’molchilarini rag‘batlantirish hamda suv olish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini ko‘rish zarur.

Qishloq ho‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli yer osti suvlari zaxirasini ko‘paytirish maqsadida qidiruv-gidrogeologik ishlarni o‘tkazish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun izlanishlar olib borish yer osti suvi iste‘molchilarining yagona Davlat statistik hisobotini yuritish tartibini takomillashtirish hamda yer osti suvlaridan foydalanish monitori tizmini yanada rivojlantirish lozim.

BizYangi O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan keng ko‘lamli ishlarni, milliy manfaatlatimizga javob beradigan ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylanga siyosatimizni izchil davom ettiramiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Yangi O‘zbekiston tashqiyot strategiyasi. Uchinchi nashri.— Toshkent:»O‘zbekiston» nashriyoti, 2022.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: