“Referendum-2023: Kelejaging uchun ovoz ber!” mavzusida yoshlar forumi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 4-aprel kuni Fargʻona sanoat va xizmat koʻrsatish texnikumida “Referendum-2023: Kelejaging uchun ovoz ber!” mavzusida texnikum ishchi-xodimlari, pedagoglar, oʻquvchi-yoshlar hamda ota-onalar vakillari ishtirokida yoshlar forumi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni texnikum direktori R.G.Umarov ochib forum ishtirokchilarini tadbirning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtdi.
Tadbirda Fargʻona viloyat yuridik texnikumi Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari 2-darajali yurist Nasriddinova Oltinoy Poʻlatovna ham ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini Konstitutsiyamizda amalga oshirilishi kutilayotgan oʻzgartirishlar, Referendum toʻgʻrisidagi tushunchalar bilan tanishtirib oʻtdi.
Tadbir soʻngida maʼruzachilar oʻquvchilar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga javob berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: