Joriy yilning 4-aprel kuni Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga Qirgʻiziston Respublikasining O’sh davlat universiteti yuridik fakulteti dekani va professor-oʻqituvchilari tashrif buyurdi.

O’sh davlat universitetining vakillari bilan texnikum oʻqituvchilari davra-suhbati oʻtkazdilar.

Suhbat jarayonida bugungi kundagi ikkala davlatdagi taʼlim tizimi, boʻlgʻusi yuristlarni tayyorlash uslublari, kredit-modul tizimidagi akademik mobillik hamda halqaro hamkorlik masalalari haqida fikr almashishdi.

Uchrashuv yakunida kelgan mehmonlar yuridik texnikumning moddiy texnik bazasi, oʻquvchilar turar-joyi, axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: