🏛 Texnikumning “Ma’muriy huquq” fani oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalish 15-21 guruhida “Ma’muriy huquq ” fanidan “Ma’muriy sud ish yuritishida sudiyani rad etish asoslari va tartibi” mavzusida binar ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
🔹Dars jarayoniga Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyalari S.Shokirov, D.Madaminov hamda sudya yordamchilari M.Usmonov va A.Burxonovlar tashrif buyurishdi.
🔹Dars mashgʻuloti davomida oʻqituvchi mavzuning nazariy qismlarini bayon etish barobarida mavzuga oid boʻlgan Ma’muriy sudlarda sudyani rad etishning oʻziga xos xususiyatlariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
🔹Dars mashgʻuloti davomida o‘quvchilar tomonidan ma’muriy sud ish yuritishida sudiyani rad etish asoslari bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish tartibi amaliy mashg‘ulot sifatida namoish qilindi.

🔹Ishtirokchi sudyalar mashg‘ulot davomida protsess o‘tkazish, sudiyani rad etish asoslari bo‘yicha amaliyotda yuzaga keladigan xatoliklar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: