Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Karimjonov tomonidan texnikum oʻqituvchi-xodimlari va oʻquvchilariga mahorat darsi oʻtib berildi.

M.Karimjonov mahorat darsi mobaynida yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, joriy yilning 30-aprel kunidan kuchga kiradigan yangi mehnat kodeksi, kodeksdagi yangilik va oʻzgarishlar haqida tushunchalar berib oʻtdi.

Texnikum xodimlari va oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar.

Qolaversa, Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari Farg’ona viloyati yuridik texnikumi axborot-resurs markaziga esdalik sovg’alarini topshirishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: