Texnikumda Fargʻona viloyat sudi tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda sud tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan, hozirda keksalik gashtirin surayotgan sud faxriysi K.Tolipov, viloyat sudi raisi oʻrinbosari B.Vaxobov, jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi T.Vaxobov hamda viloyat sudining matbuot kotibi Q.Mutaliyevlar ishtirok etdilar.
Tadbir jarayonida sud tizimidagi oʻzgarishlar, hozirgi kunda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va faxriylarning shu sohadagi faoliyatlari haqida fikr yuritildi.
Uchrashuv ishtirokchilarining hayot yoʻllari texnikum oʻquvchi-yoshlari uchun katta ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube