9 aprel – Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘lishi munosabati bilan “Adolat va qudrat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir huquqni muhofaza qilish sohasida yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, tadbir davomida Buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, temuriylar davri davlatchiligi, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash va boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilik va sud-huquq masalalari, «Temur tuzuklari», fan, ta’lim va madaniyat, savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlanishi, mamlakat himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlar, umuman o‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida temuriylar davrining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida batafsil tushuncha berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: