Joriy yilning 13 aprel kuni Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 2-bosqich 14-21 guruhida “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi I.Ubaydullayev tomonidan Jinoyat huquqi modulidan “Odil sudlovga qarshi jinoyatlar” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Dars jarayonida I.Ubaydullayev o‘quvchilarga O‘zekiston Respulikasi Jinoyat kodeksining XVI bobida “Odil sudlovga qarshi jinoyatlar” uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi, odil sudlovga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xavliligi ham aynan O’zbekstonda odil sudlovni amalga oshirishni ta’minlash va inson huquqlarining sud organlarida himoya qilinishi tartiblarining buzilishi bilan xavfli hisoblanishi, bu jinoyatlar uchun ham jinoiy javobgarlikning qonuniy asoslarini to‘g‘ri belgilash lozimligi, odil sudlovga qarshi jinoyatlarning yuridik xususiyatlari o’ziga xos belgilariga ega ekanligi, bu jinoyatlarning obyekti aynan odil sudlovning normal holatlari va fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan huquq va manfaatlari bo‘lishi mumkinligi, jinoyatlarning yuridik tahlili haqida tushinchalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube