Joriy yilning 14-aprel kuni texnikumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.Jabborov ishtirokida “Yangilanayotgan Konstitutsiya” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Milliy tiklanish partiyasi viloyat kengashi ijrochi xodimi M.Shokirova, texnikum xodimlari va oʻquvchilari qatnashdilar.

Tadbir davomida Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartishlarning mazmun-mohiyati, taʼlim rivojiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yoʻlida qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi taʼkidlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mamlakatimizning yangi tahrirdagi “Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonun umumxalq referendumida ovozga qoʻyilishi va ana shu Referendum joriy yilning 30-aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi va unda har birimiz ishtirok etib oʻz fuqarolik burchimizni bajarmogʻimiz lozimligi alohida qayd etib oʻtildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: