“HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH” mavzusidagi maqola chop etildi.

♻️ Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich «Yuridik xizmat» yoʻnalishi, 22-22 guruh oʻquvchisi Shukurova Gulchiroy Akmaljon qizi oʻzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda oʻtkazilgan konfirensiyalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

🔹 Jumladan, India, New Dehli “»THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY» xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 21-aprel 8-sonida “HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH” mavzusidagi maqolasi chop etildi.


HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olishda aholi bandligini ta‘minlashhaqida, Jinoyatchilikni oldini olishda mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur hisoblanishi haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar: Jinoyatchilik, foydalanish, oldini olish, O`zbekiston, mahalla, harakatlar strategiyasi, inson, tinchlik, rivojlanish.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo’lgan joyda baraka va rivojlanish bo’ladi.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi.

Joriy yilda ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida‖gi, ―Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida‖gi Qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta‘sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning ―Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarori qabul qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zining har bir chiqishlarida sohaga mas‘ul bo’lgan idoralarning asosiy vazifasi jinoyatchini topish va jazolash emas, balki jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib bergan holatlarni aniqlash, ayniqsa tizimli muammolar bilan ishlashga alohida urg’u qaratishni ko’p bora ta‘kidlab o’tgan.

Davlatimiz rahbarining doimiy diqqat markazida turgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari Prezidentimiz raisligida 15 noyabr kuni o’tkazilgan videoselektorda ham atroflicha muhokama qilindi.

E‘tirof etish kerakki, huquqbuzarliklarning bir qismi tayin bir ish joyiga ega bo’lmagan shaxslar tomonidan sodir etilmoqda. Bunday shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olishda aholi bandligini ta‘minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu haqda gap ketganda, mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yuritish, tadbirkorlar oldida turgan muammolarni bartaraf qilish, ularga keng imtiyoz va imkoniyatlar berish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini misol qilishimiz mumkin. Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi, mahsulotlarni eksport qilish shartlari yengillashtirilganligi, tadbirkorlik sub‘ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish tizimi takomillashtirilganligi ushbu sohani yanada rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatishi tabiiy.

Jinoyatchilikni oldini olishda mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur hisoblanadi. Shu bois, Respublikamizda mahalla fuqarolar yig’inining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi faoliyati yo’lga qo’yilgan. Qolaversa, Prezidentimiz ta‘kidlagandek, sodir etilgan jinoyatlarni mahallada keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishni profilaktik ahamiyatga ega. Negaki, jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquq tartibot organlarining emas, balki keng jamoatchilikning vazifasi bo’lmog’i zarur.

Hammamizning oldimizda turgan yana bir muhim masala bu yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish. Videoselektorda qayd etilganidek, yoshlar o’rtasida jinoyat sodir etish joriy yilning 10 oyi mobaynida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga, voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyat sodir etish esa 17 foizga kamaygan. Biroq, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning saqlanib turganligi barchamizni befarq qoldirmasligi lozim.

Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar huquq-erkinliklarini ta‘minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy etish hamda yoshlarni moddiy-ma‘naviy qo’llab-quvvatlashda muhim omil bo’lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 40 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkichning o’ziyoq masala nechog’li dolzarb ahamiyatga ega ekanidan darak beradi. Bu jarayonda ota-ona, mahalla-ko’y, ta‘lim muassasalari, umuman, keng jamoatchilik zimmasiga ulkan mas‘uliyat yuklanadi.

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo’lgan joyda baraka va rivojlanish bo’ladi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi.

Hammamizning oldimizda turgan muhim masala bu yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish. Chunki, yoshlar bizning kelajagimiz. Shundan kelib chiqqan holda, O’zbekiston yoshlar o’rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillik qo’lga kiritilganidan 3 oy o’tmasdan, ya‘ni 1991 yil 20 noyabrda ―O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida‖gi Qonun qabul qilindi. 2016 yilga kelib ―O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida‖gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, ―Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida‖gi, ―Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida‖gi, ―Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida‖gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi.

Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, yaqinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo’yicha komissiyasi tuzildi va o’zining faoliyatini boshladi. Yoshlarning, ayniqsa uyushmagan, ish bilan band bo’lmagan, tayin bir mashg’ulotga ega bo’lmagan yoshlarning kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini ta‘minlashga, ishbilarmonlik ko’nikmalarini rivojlantirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ko’maklashish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha samarali mexanizmlarni joriy etish bo’yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning asosiy vazifalaridan biri qilib belgilandi.

Shu bilan birga, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli mafkuraviy tahdidlar va yot g’oyalar ta‘siridan asrash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, yoshlar bandligini ta‘minlashga oid masalalar qamrab olingan. Masalan, internet klublar faoliyatini tartibga solish, ularning kechki soat 22.00 dan keyingi faoliyatini cheklash zarurati kabi masalalar shular jumlasidandir. Shu bois bu ishga mas‘ul bo’lgan davlat idoralari, o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar faoliyati samaradorligi hamda mas‘uliyatini yanada oshirish lozim.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish profilaktika kuni sifatida belgilangani bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, o’smirlar orasida huquqbuzarliklarning oddini olish tizimini mustahkamlash, ota-onalar hamda vasiylik organlarining mas‘uliyatini oshirish borasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yishda muhim yo’nalish bo’ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2003.

2.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. –T.: Adliya vazirligi, 2004.

3.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi. –T.: Adliya vazirligi, 2004.

4.Jinoyat huquqi (Umumiy qism). –T.: Adolat, 1998.

5.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar –T.: Adolat, 199



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: