Texnikum axborot-resurs markazi tomonidan samimiy sheʼrlari ohangrabo qoʼshiqlarga aylanib, har bir oʼzbek xonadoniga kirib borgan “Xalq shoiri”, “Doʼstlik ordeni” sohibi, lirik shoir Muhammad Yusufning tavallud kuniga bagʼishlab, “Haqiqiy shoir – odamlar orasida” deb nomlangan davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Texnikum oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan, shoirning hayoti va ijodi hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi va muhabbatning nafis navolari ifodasini topgan sheʼrlaridan namunalar oʼqishdi. Muhammad Yusuf ijodiga bagʼishlangan videorolik namoyish etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: