Joriy yilning 28-sentabr kuni texnikumda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” davlat dasturida nazarda tutilgan ustivor vazifalar, texnikumning 2023/2024 oʻquv yiliga rejalashtirilgan ishlari, shuningdek, oʻquv-metodik boʻlimining uslubiy-seminarlar oʻtkazilishi belgilangan jadvaliga muvofiq “Pedagog xodimlar faoliyatida zaruriy-meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash” mavzusida oʻquv-uslubiy seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari A.Ergashev maʼruza qilib, pedagog-xodimlar faoliyatida lozim boʻlgan meʼyoriy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilar davrasida savol-javob oʻtkazildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: