O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 25-sentabrdagi
2/9-6/16983-sonli hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining joriy yilning 28-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik va idoralarda “Xon atlas” festivalini o‘tkazish haqidagi 2023-yil 19-sentabrdagi 02-01/1274-son xatlari ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida ham “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan mazkur festivalda texnikumning pedagog xodimlari hamda lobar o‘quvchi qizlari atlas, adras kabi milliy liboslarda qatnashmoqdalar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: