Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari adliya vazirligi yuridik texnikumlariga metodik va ilmiy jihatdan qshllab-quvvatlash maqsadida tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 29-noyabr kuni Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurishdi.
Tashrif boʻyicha “Targʻibot karvoni” aʼzolariga TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2-darajali yurist M.Karimjonov rahbarlik qilib, mazkur targʻibot guruhida ushbu oliy oʻquv yurtining bir-necha talabalari ham mavjud.
Maʼruzachilar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizning xalq konstitutsiyasi deb nomlanishining amaliy ifodasini tushuntirib berishdi.
Mazkur seminarda professor-oʻqituvchilar yuridik texnikumning oʻquvchilariga 2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi haqida gapirib, mehnat qonunchiligini amalda tadbiq qilishning oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilib berishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube