Ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Fargʻona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 30-noyabr kuni “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi oʻqituvchisi O.Usmonova tomonidan “Davlat va huquq nazariyasi fanidan” 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi 37-23 guruhida “Huquq normalari” mavzusida maxsus fan oʻqituvchisi B.Mavlonov ishtirokida binar dars shaklida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mazkur dars jarayonida TDYUG professor-oʻqituvchilarini adliya vazirligi yuridik texnikumlariga metodik va ilmiy jihatdan qoʻllab quvvatlash maqsadida tasdiqlangan reja-grafigiga asosan tashrif buyurgan mazkur oliy oʻquv yurtining “Mehnat huquqi” kafedrasi oʻqituvchisi X.Soyipov hamda “Fuqarolik va iqtisodiy rotsessual huquqi” kafedrasi dotsenti O.Pirmatovlar ishtirok etib, ochiq dars mavzusining yurist-mutaxassislarni tayyorlashda oʻrni beqiyos ekanligi, shuningdek, yuridik texnikum oʻquv rejalarini TDYUU oʻquv rejasi bilan integratsiyalashganligini ifodalab berishdi.

Ochiq dars mashgʻuloti yakunida barcha ustozlar oʻquvchi-yoshlar bilan savol-javoblar qilishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: