Konstitutsiya– davlatimizning bosh qonuni, huquq va erkinliklarimiz kafolati, dunyoda tenglar ichida teng, davlatchilik tarixiga ega xalq, suveren davlat ekanimizning shahodati hamdir.
🏛 Joriy yilning 1-dekabr kuni “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 29-23 guruhida “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi” mavzusida “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.
🔹 Guruh rahbari D.Meliboyeva o‘quvchi-yoshlarga jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizligi, bu burch va huquqlarimiz dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilganligi haqida. o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi.
🔹 Shuningdek, Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qilishligi qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube