Har yili 1-dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.
Farg‘ona viloyati hokimligining 2023-yil 17-noyabrdagi 562-01-50- sonli Farg‘ona viloyatida 1-dekabr butunjaxon OINSga qarshi kurashish kun munosabati bilan “Sog‘lom xayot sari birgalikda” shiori ostida texnikum o‘quvchilari Farg‘ona viloyati OITSga qarshi kurashish markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi S.Isroilova o‘quvchi-yoshlar bilan suhbat uyushtirdi. Mutaxassis har bir inson OIV infeksiyasi va OITS xastaligi bo‘yicha nimalardan boxabar bo‘lishi, profilaktika uchun nimalarga rioya qilinishi kerakligi xususida batafsil ma’lumot berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube