🏛 Fargʻona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 18-dekabr kunida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
🔹 Mazkur tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Mirzaahmedov, boshqarma amaliyotchisi S.Maʼmirov va Fargʻona shahar “Toyiba” masjidi imom-noibi L.Suyarqulovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
🔹 Maʼruzachilar davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun vijdon erkinligi kafolatlanganligi, har kim xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida batafsil maʼlumotlar berib, texnikum oʻquvchilarining islom dini va musulmon huquqi boʻyicha berilgan savollariga javob berishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube