⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-yanvardagi 38-um-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Eng iqtidorli oʻquvchi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan joriy yilning 20-dekabr kuni Fargʻona viloyati yuridik texnikumida ushbu tanlovning texnikum bosqichi oʻtkazildi.
🔹 Qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik va tenglik kabi prinsiplarga rioya qilgan holda maxsus xayʼat tomonidan xolisona baholanib quyidagi o‘rinlarga loyiq deb topildi.
🥇 1-oʻrin “Sud-huquqiy faoliyat” yo’nalishi 23-22 guruh oʻquvchisi M.Xolmatova;
🥈 2-oʻrin “Davlat-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 20-22 guruh oʻquvchisi A.Muhammadjonov;
🥉 3-oʻrin “Sud-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 23-22 guruh oʻquvchisi A.Abdusalomov.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube