Texnikumda sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Fargʻona viloyat yuridik texnikumida 2024-yil 1-fevral kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining sudyasi D.Ismatullayeva tomonidan sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Sayyor sud majlisida texnikumning 2-bosqich 22-22 guruh oʻquvchilari ham tinglovchi sifatida ishtirok etdilar.

Sayyor sud majlisida nikohdan ajratish haqidagi fuqarolik ishi koʻrilib, unda oʻquvchilar nikohdan ajratish haqidagi ishlarga oid sud muhokamasini oʻziga xos hususiyatlari jumladan, sudga murojaat qilish asoslari, tartibi, ishni koʻrishda aniqlashi lozim boʻlgan holatlar va bu nizoga oid dalillarni taqdim etish jarayonini amaliyotda kuzatdilar.

Oʻquvchilar sud tomonidan hal qiluv qarorini qabul qilish tartibi, hal qiluv qarorini tushuntirish tartibi bilan ham tanishdilar.

Sayyor sud yakunlangandan soʻng oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga sudya D.Ismatullayeva toʻliq javob berib oʻtdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: