«Mehr ulashib» klubi volontyorlari faoliyatidan

Texnikumda muntazam ravishda turli yo‘nalishdagi bir qator klublar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.

🔹 Bunday klublarni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning dunyoqarashini oshirish, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada shakllantirish, insonlarga va atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undashdan iboratdir.

🔹 Shu munosat bilan joriy yilning 31-yanvar kuni texnikumning “Adliya vaziri stipendiyasi” sohiblari tomonidan «Mehr ulashib» klubi volontyorlari Farg‘ona tumani, “Guliston” MFY, Navro’z koʻchasi 1-uyda istiqomat qiluvchi I.Soyibnazarovlar xonadoniga tashrif buyurib, ularni holidan xabar oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: