“Ommaviy xizmatlarni ko‘rsatish” mavzusida seminar- mashguloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 2-fevral kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Ommaviy xizmatlarni ko‘rsatish” mavzusida seminar- mashguloti o‘tkazildi.

Seminar mashg‘uloti Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari X.Ahmedov va viloyat xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi N.G’ulomovlar hamkorligida Farg‘ona viloyati xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

Seminar mashg‘uloti jarayonida o‘quvchilarga sayyor qabullar o‘tkazish asoslari, tartibi, maqsadlari va ulardan kutiladigan natijalar, ularning samaradorligining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Xalq qabulxonalarida jismoniy va yuridik shaxslarga ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlariga ham to‘xtalib o‘tildi. O‘quvchilar ommaviy xizmatlarni ko‘rsatish mavzusi bo‘yicha nazariy bilmlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: