Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Joriy yilning 2-fevral kuni texnikumda Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Sayyor sud majlisi Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining raisi S.Kurbanov tomonidan oʻtkazildi va ushbu sud majlisida Fargʻona shahar prokurori yordamchisi, Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi M.Qodiraliyev, manfaatdor shaxs G.Yakubova hamda javobgar Fargʻona shahar xokimligi vakili X.Tuychiyev ishtiroklarida koʻrib chiqildi.

Texnikum oʻquvchilari tingovchi sifatida maʼmuriy ish boʻyicha sud muhokamasini, maʼmuriy ish boʻyicha sud muhokamasi yakuni boʻyicha sudning hal qiluv qarori qabul qilinishi, xususiy ajrim chiqarilishi amaliyotda kuzatildi.

Maʼmuriy sudlarda koʻriladigan ishlarni oʻziga xos xususiyatlari, maʼmuriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunda belgilangan maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplarining qoʻllanishi, sud majlisidagi tartib, taraflar va ularni sudda tushuntirish berish, dalillarni oʻrganish, sud muzokarasi tartibi boʻyicha oʻquvchilar koʻnikmalar olishdi.

Sud majlisi yakuni boʻyicha sud raisi S.Kurbanov oʻquvchilar bilan maʼmuriy huquqning boshqa huquq sohalaridagi oʻrni, maʼmuriy sud xujjatlarining turlari va ularni qabul qilishning xususiyatlari toʻgʻrisida sud raisi oʻquvchilarga ularni qiziqtirgan savollariga javob berib oʻtdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: