Texnikum o‘quvchi-yoshlari Farg‘ona shahrida joylashgan 52788-harbiy qismiga tashrif buyurdilar.

🏛 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 6-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan texnikum xodimi M.Madaminov boshchiligida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlikni keng targ‘ib qilish, ularning Vatanga muhabbat xissini yanada kuchaytirish maqsadida texnikumning o‘quvchi-yoshlari Farg‘ona shahrida joylashgan 52788-harbiy qismiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida o‘quvchi-yoshlar Qurolli Kuchlarimizning jangovor shayligini, ularning moddiy-texnik bazasi, harbiy xizmatchilar va ularning ijtimoiy himoyasi hamda har bir yoshlarimizning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida oʻquvchilar Armiyamiz oʻrni va nufuzi, harbiy xizmatchilar hayoti va faoliyatiga doir savollarga javob olishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: