“SPEAKING CLUB”

🏛 Joriy yilning 5-fevral kuni “Umumtaʼlim fanlari” kafedrasi oʻqituvchisi G.Jo‘raboyeva tomonidan texnikumning oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida ingliz tili fanidan “SPEAKING CLUB” tashkillandi.

🔹 Klubimiz o‘quvchilarining ingliz tilida so‘zlashuv ko‘nikmalarini mashq qilishlari va oshirishlari uchun qiziqarli va interaktiv muhitni yaratishni maqsad qilgan. Til o’rganish zarurat bo’lishi kerak, deb hisoblaymiz va bizning klub faoliyatimiz ana shu falsafani aks ettiradi.

🔹 Klubimizga qo‘shilish orqali siz ingliz tilini boshqa o‘rganuvchilar bilan uchrashish va muloqot qilish, nutq va tinglash ko‘nikmalaringizni mashq qilish hamda ingliz tilidan foydalanishga bo‘lgan ishonchingizni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🔹 Bizning ingliz tilida so’zlash klubimizga qo’shiling! Ingliz tilini birgalikda o’rganamiz va o’zimizni bilimimizni yaxshilaymiz!



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: