«Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili» munosabati bilan texnikum bitiruvchilari Farg‘ona viloyat hokimi o’rinbosari X.Axmedov bilan uchrashudilar.
Davra suhbati shaklida o’tgan ushbu uchrashuvda hokim o’rinbosari texnikum yoshlarining qiziqishlari, o’quv jarayoni, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ichki turizm, hunar olishlari, yoshlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar yuzasidan ochiq muloqot o’tkazdi. X. Axmedovning hayot yo’lidagi erishgan muvaffaqiyatlari yoshlarga motivatsiya berdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Qizg’in savol-javoblarga boy bo’lgan uchrashuv texnikum yoshlarida katta taassurot qoldirdi.
Muloqot so’ngida X.Axmedov tomonidan «O’zbekiston hunarmandchiligi» kitob-albomi texnikumga sovg’a qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube