Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6-fevral kuni maxsus fan o‘qituvchisi D.Salimova tomonidan texnikum o‘quvchi-yoshlari ishtirokida “Ekologik huquq” bo‘yicha debat o‘tkazildi.
Debat davomida o‘quvchilar tomonidan shaxsiy fikrni tinglovchilarga ishontiruvchi nutq so’zlash orqali tushunarli yetkazib berish va tegishli xulosalar chiqarish, shuningdek, muammoli vaziyatlarda mustaqil faktlar va misollarga asoslangan yechimlar bayon etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube