“Sud yoki mediatsiya” hamda “Ijtimoiy tarmoqlar asrida huquqiy chaqiriqlar” mavzulari bo‘yicha debat o‘tkazildi.

🏛 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-fevral kuni “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchilari Z.Oxunova va Sh.Jiyanovalar tomonidan texnikum o‘quvchi-yoshlari ishtirokida “Sud yoki mediatsiya” hamda “Ijtimoiy tarmoqlar asrida huquqiy chaqiriqlar” mavzulari bo‘yicha debat o‘tkazildi.

🔹 Debatlar davomida oʻquvchilar tomonidan sudda mediatsiya va kelishuv bitimi huquqiy asoslari, tuzish maqsadi, taraflari, huquqiy oqibatlarining afzalliklari va salbiy jihatlari yoritib berildi. Shuningdek, huquqiy chaqiriqlarni mazmun-mohiyatlari, salbiy va ijobiy taraflari, ularni o‘tkazish tartibi va maqsadlari namoyish qilindi. Debatlar oʻquvchilar oʻrtasida tortishuv, baxs va munozaralarga boy boʻldi.

🔹 Debat davomida oʻquvchilar tomonidan shaxsiy fikrni yetkazib berish, taraflarni oʻz fikriga ishontirish, fikrga qarshi fikr bildirish, oʻz fikrini huquqi asoslantirish, tegishli xulosalar chiqarish, shuningdek, muammoli vaziyatlarda mustaqil faktlar va misollarga asoslangan yechimlar bayon etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: