O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati «Tergov faoliyati» yo’nalishiga abituriyentlar qabuli yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda HMQ Akademiyasi bo’lim boshlig’i, polkovnik F. Nodirov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Fargʻona viloyati boshqarmasi mutaxassisi A. Axmedjanovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda polkovnik F. Aliyev bitiruvchilarga Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yaratilgan sharoitlar, yo’nalishlar, qabul jarayoni haqida tushunchalar berdi va o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Uchrashuvda Akademiya hayotiga oid videorolik namoyish etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube