🏛 Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targ‘iboti munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumining «Adliya qanotlari» koordinatori O.Usmonova boshchiligidagi «Adliya qanotlari» volontyorlari tomonidan Farg‘ona davlat universiteti hiyobonida va aholi gavjum joylarida yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.
🔹 Targ‘ibot davomida volontyorlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ma‘lumotlar beridi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube