🏛 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 6-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan texnikum xodimi M.Madaminov boshchiligida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlikni keng targ‘ib qilish, ularning Vatanga muhabbat xissini yanada kuchaytirish maqsadida texnikumning o‘quvchi-yoshlari Farg‘ona shahrida joylashgan 529-harbiy safarbarlik chaqiruv rezervi batalioniga tashrif buyurdilar.
🔹Tashrif davomida safarbarlik chaqiruv rezervi batalioni moyori M.Yunusov o‘quvchi-yoshlarga Qurolli Kuchlarimizning jangovor shayligini, ularning moddiy-texnik bazasi, harbiy xizmatchilar va ularning ijtimoiy himoyasi hamda har bir yoshlarimizning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar olib borilayotgan ishlar bilan tanishtib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube