“Yuridik terminlar va unga qo‘yiladigan talablar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🏛 Joriy yilning 2-aprel kuni texnikumning “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Yuristlar uchun o‘zbek tili” fanidan “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 33-23-guruhida “Yuridik terminlar va unga qo‘yiladigan talablar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar (Aqliy hujum, “Bumerang” strategiyasi, test sinovlari) zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishtirokida mavzuga oid ma’lumotlar yoritildi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: