«Mehr ulashib» klubi faoliyati

🏛 Texnikumda muntazam ravishda turli yo‘nalishdagi bir qator klublar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.

🔹Bunday klublarni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning dunyoqarashini oshirish, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada shakllantirish, insonlarga va atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undashdan iboratdir.

🔹Shu munosabat bilan joriy yilning 1-aprel kuni texnikumning «Mehr ulashib» klubi volontyorlari Farg‘ona shahar, “Mashal” MFY, S.Temur koʻchasi 66/40-uyda istiqomat qiluvchi, yolg‘iz ayol R.Dehqonova xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: