«Mehr ulashib» klubi faoliyatidan

🏛 Texnikumda muntazam ravishda turli yo‘nalishdagi bir qator klublar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.

🔹 Bunday klublarni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning dunyoqarashini oshirish, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada shakllantirish, insonlarga va atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undashdan iboratdir.

🔹 Shu munosat bilan joriy yilning 5-aprel kuni texnikumning «Mehr ulashib» klubi volontyorlari Farg‘ona shahar, “A.Navoiy” MFY, S.Temur koʻchasi 37/29-uyda istiqomat qiluvchi, G.Tkachuka hamda S.Temur koʻchasi 37/10-uyda istiqomat qiluvchi A.Axmadjonovlar xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: