Hamkorlikda binar dars tashkil etildi.

Joriy yilning 5-aprel kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o’qituvchisi D.Salimova tomonidan “Fuqarolik huquqi” fanidan “Sud-huquqiy faoliyat” yo’nalishi 25-22 guruhida “Договор страхования” mavzusida “Apex” sug’urta kompaniyasi vakili bilan hamkorlikda binar dars tashkil etildi.

Binar dars davomida o’quvchilarga sug’urta tushunchasi, mohiyati va tarixi haqida ma’lumotlar berildi.

Sug’urta shartnomasi turlari, shartnoma shartlari nimalardan iborat bo’lishi batafsil bayon etildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar amaliyotdagi va tegishli qonunchilikka oid yangiliklardan boxabar bo‘ldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: