Yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish hamda qiziqishini oshirish, shuningdek bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 18-19-aprel kunlari Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi yoshlari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” va “Voleybol” turlari bo‘yicha “Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi kubogi” musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Xususan, “Mini-futbol” musobaqasida 13 ta o‘g’il bollar jamoalari va “Voleybol” musobaqasida 13 ta qizlar jamoalari ishtirok etdilar.
“Mini-futbol” musobaqasi natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 22-22-guruh jamoasi;
2-o‘rin “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 20-22-guruh jamoasi;
3-o‘rin “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 23-22-guruh jamoasi egalladilar.
“Voleybol” musobaqasining natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 21-22-guruh jamoasi;
2-o‘rin “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 32-23-guruh jamoasi;
3-o‘rin “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 23-22-guruh jamoasi egalladilar.
Musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarga adliya boshqarmasi va texnikumning maxsus diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube