Xalqimiz yoshi ulug’larni hamisha e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Oramizda ana shunday insonlar borligining o‘zi ulug‘ ne’mat bo‘lib, ularning pand-u nasihati yoshlarimiz uchun bebaho xazinadir.
Mazkur jihatlar inobatga olingan holda Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda adliya faxriylari R.Kirgizbayev, O‘.Yo‘ldosheva va G.Ibragimovalar, shuningdek Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Adermatov va Farg’ona viloyat yuridik texnikumi direktori A.Ergashev hamda 110 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar o‘zaro o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Faxriylarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni bor.
Mehmonlar davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab, erishilayotgan bu yutuqlar ko‘plab fidoiy insonlarning mashaqqatli mehnati samarasi ekanligini ta’kidlashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube