Uch avlod uchrashuvi

Farg’ona viloyat sudida o’tkazilgan uch avlod uchrashuvida sud faxriylari, sudyalar, sud xodimlari hamda Prezident maktabi va yuridik texnikum o’quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisining o’rinbosari Fayzullo Abduazimov so’zga chiqib, O’zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasining 2024-yilga mo’ljallangan Alohida dasturining mazmuni, keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni, bugungi sud faxriylarini e’zozlash, ularning odil sudlovni amalga oshirish, sud-huquq islohotlarini hayotga samarali tadbiq etishda hayotiy tajribalarining roli xususida aytib o’tdi.

Uchrashuvda sudyalar va sud faxriylarining sudyalik faoliyatlari davomida qiziqarli bo’lgan esda qolarli voqealar hamda hayot yo’llari haqida so’zlab berishgani “Uch avlod uchrashuvida” ishtirok etayotgan sud xodimlari va texnikum o’quvchi yoshlarining sud sohasiga bo’lgan qiziqishini ortishiga sabab bo’ldi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: