Texnikum o’quvchilari Farg‘ona viloyati ma’muriy sudiga tashrif buyurdilar.

⚖️ Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uygunligini taminlash maqsadida joriy yilning 23-aprel kuni texnikumning “Yuridik klinika” rahbari D.Qayumova boshchiligida 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 30-23 guruhi Farg‘ona viloyati ma’muriy sudiga tashrif buyurdilar hamda “Ma’muriy sud faoliyati va undagi islohotlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 Uchrashuvda Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi D.Maxamatov so‘z olib, O’zbekiston Respublikasining sud tizimidagi oxirgi islohatlar shu bilan birga qonunchilik tizimiga o’zgartirishlar kiritilayotganligi, barcha islohatlarning zamirida inson manfaati nazarda tutilayotganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: