🏛 Joriy yilning 24-aprel kuni texnikumning “Umumta’lim fanlari” kafedrasi o’qituvchisi F.Asanov tomonidan 1-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 38-23 guruhida “Axborot xavfsizligi muammolari. Texnologiyaning intellektual mulk huquqiga ta’siri” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars davomida kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanildi. Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimotlar hamda video rolik namoyish etildi.
🔹 O‘quvchilar Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning strategik resursga aylanib borishi, zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng qo’llanilishi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube