“Oʻzbekistonda yosh advokatlar, huquqshunoslar uchun imkoniyatlar” mavzusida uchrashuv tashkillandi.

Joriy yilning 24-aprel kuni Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti hamkorligida “Oʻzbekistonda yosh advokatlar, huquqshunoslar uchun imkoniyatlar” mavzusida uchrashuv tashkillandi.

Uchrashuvda “Yil advokati-2023” tanlovi g‘olibi Diyorbek Islambekov ishtirok etdi hamda yuridik amaliyotda xorijiy professional tajribadan foydalanish va yosh advokatlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga tushunchalar berdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilgan savollarga Diyorbek Islambekov barcha tillarda batafsil va to‘laqonli javob berdi.

Bunday uchrashuvlarni tashkillanishi o‘quvchilarda kasbga bo‘lgan ishtiyoqi va o‘z maqsadlari tomon yanada ildam harakatlanishlariga turtki bo‘ladi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: