Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyat yuridik texnikum oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
✅ Joriy yilning 26-aprel kuni texnikumning “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Rahmonova boshchiligida 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 37-23 guruhi o‘quvchilari viloyat adliya boshqarmasiga tashrif buyurdilar.
✅ Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi hamda xodimlar ish faoliyatlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, boshqarmada faoliyat yurituvchi sho’balar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔹 Shuningdek, texnikum oʻquvchilari boshqarmada fuqarolar qabuli uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Bu yerda murojaatchilarni qabul qilish tartibi, fuqarolar bilan suhbat jarayonida samimiy munosabatlar haqida batafsil maʼlumotlar olishdi.
🔹 Yoshlar adliya boshqarmasi boʻylab ekskursiya davomida adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega boʻlishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube